09 jan 10:22
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/52101_220.jpg)
Sabina SHaripova Australian Open'dagi ilk o'yinini o'tkazdi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Avstraliya Ochiq chempionatini saralash bosqichidan boshladi.
Hamyurtimiz musobaqaning ilk davrasida mezbon tennischi Aleksandra Bojovichga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 12 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz 6:4, 6:0 hisoblarida g'alaba qozondi va saralash bosqichining ikkinchi davrasiga yo'l oldi. Taqqoslash uchun, Sabina jahon reytingida 143, Bojovich esa 358-o'rinni egallab turibdi.
SHaripovaning ikkinchi davradagi raqibi birozdan so'ng malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar