21 noy 14:57
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova bugun juftliklar bahsida kortga chiqadi
Bugun tennischimiz Sabina SHaripova Mumbaydagi turnirda juftlik bahslarida o'z ishtirokini boshlaydi.
Kecha u yakkalik bahslarida rossiyalik raqibi Irina Xromachyovani mag'lubiyatga uchratib, ikkinchi davraga yo'l olgandi.
Bugun esa u juftlik bahslarida ilk o'yinini o'tkazadi. Rossiyalik Valentina Ivanenko bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz Yunri Namigita (Yaponiya) / Peangtarn Plipuech (Tailand) hamkorligiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Ushbu o'yin bugun 17:30dan so'ng boshlanishi belgilab qo'yilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar