09 sen 14:12
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova Dalyandagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
“CHellenjer” turkumiga kiruvchi musobaqaning sovrin jamg'armasi 115 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz yakkalik bahslaridan so'ng turnirning juftliklar bahsida ham mag'lubiyatga uchradi.
Amerikalik Jaklin
Kako bilan juftlik hosil qilgan Sabina final chiptasini qo'lga kirita olmadi. Ular
1 soatu 23 daqiqa davom etgan yarim final bahsida mezbon tennischilar - Lu Czin Czin va YU Syaodiga 7:5, 1:6, tay-brekda 3:10 hisobida yutqazishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar