13 dek 10:31
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Dubay turniridagi ishtirokini yakunladi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnir davom etmoqda.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida ishtirok etgan mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova mag'lubiyatga uchradi. Hamyurtimiz yakkalikda ham ilk bosqichda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
SHaripova hindistonlik Prartana Tombare bilan juftlik
hosil qilgan bo'lib, ular ilk davrada turnirning uchinchi saralangan juftligi - belaruslik
Vera Lapko hamda shveciyalik Korneliya Lister tandemiga 3:6, 3:6 hisobida
yutqazishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar