12 dek 16:26
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Dubaydagi turnirda kortga chiqdi
Tennischimiz Sabina SHaripova Dubayda bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Sportchimiz ilk davrada turnirning to'rtinchi raqam ostida saralangan tennischisi ukrainalik Katerina Kozlovaga qarshi kortga chiqdi.
Afsuski, 2 soat 32 daqiqa davom etgan o'yinda tennischimiz raqibiga 6:2, 5:7, 6:7 (3) hisoblarida yutqazib qo'ydi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Endi u kechki payt juftlik bahslarida kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar