17 sen 07:42
Yangiliklar

Sabina SHaripova Guyayn turniri finalida kortga chiqdi
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qildi.
Sabina hozirgina yakuniga etgan final uchrashuvida kortga chiqdi. Uning raqibasi belaruslik Lidiya Marozova bo'ldi. Aynan shu tennischi bilan juftlikda u bosh mukofotni qo'lga kiritgan edi.
Ellik besh daqiqa
davom etgan yakkalikning final uchrashuvida biroz kutilmaganda belaruslik tennischi
6:2, 6:4 hisobida zafar quchib, bosh mukofot sohibasiga aylandi. Sabina esa
turnir vice-chempioniga aylandi.
Eslatib o'tamiz,
SHaripova birinchi davrada yaponiyalik Miyabi Inouen 6:4, 6:7(8), 6:3, ikkinchi
bosqichda xitoylik Jiaksi Luni 6:2, 6:3, chorak finalda Ksyu Liu Sanni 6:3, 6:4, yarim
finalda yana bir mezbon tennischi Janlan Veyni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etgan
edi.
Fikrlar