01 sen 10:01
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Guyyandagi ikkinchi g'alabasini tantana qildi
Xitoyning Guyyan shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Ushbu musobaqada ikki tennischimiz Nigina Abduraimova va Sabina SHaripova ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Nigina turnirda birinchi, Sabina esa ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Hozirgina yakuniga etgan ikkinchi bosqich uchrashuvida Sabina SHaripova g'alabaga erishdi. Vakilamiz 1 soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Xitoy Taypeyi tennischisi Syuy Czeyuyni 6:3, 6:4 hisobida taslim etdi. Bu tennischi dunyo reytingida 469, Sabina esa 187-pog'onadan joy olgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar