10 fev 19:17
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova ikki setni ham bir xil hisobda yakunladi
Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo'yicha nufuzli WTA turnirining saralash bahslari davom etmoqda.
Dunyo tennis malikalari jam bo'lgan turnirda hamyurtimiz Sabina SHaripova ham ishtirok etyapti. Bugun mamlakatimizning birinchi raketkasi saralash musobaqasining ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazdi.
Hozirgina yakuniga etgan saralashning yarim final uchrshuvida SHaripova slovakiyalik Polina Xercogga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bir soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda tajribali Xercog 7:5, 7:5 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sabina WTA reytingida 139, Xercog esa 88-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro to'qnash kelishmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar