04 apr 16:49
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/10727_220.jpg)
Sabina SHaripova juftliklar bahsida ilk o'yinidayoq yutqazib qo'ydi
Tennischimiz Sabina SHaripova Turkiyada sovrin jamg'armasi 25 000 AQSH dollari hisoblangan turnirda ishtirok etmoqda.
Sportchimiz turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Ekatirina Yashina bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik musobaqalarida to'rtinchi raqam ostida saralangan sportchilar ilk bosqichda Ipek O'z (Turkiya) va Ena Kajevich (Xorvatiya)larga qarshi kortga chiqdilar.
1 soat 35 daqiqa davom etgan bahsda sportchimiz raqiblariga 6:3, 5:7, 9:11 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Birozdan so'ng boshqa bir tennischimiz Oqgul Omonmurodova juftliklar bahsida o'z omadini sinab ko'radi. U rossiyalik Aleksandra Panova bilan birga juftlik musobaqalarining ikkinchi raqamli tennischilari sifatida saralangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar