24 may 17:33
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova kutilganidek "Rolan Garros"da mag'lubiyatga uchradi
Bugun Franciyada "Ulkan toj" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" turnirining saralash bosqichi start oldi.
Franciya ochiq chempionatidagi yagona vakilimiz hisoblangan Sabina SHaripova saralash bosqichining ilk o'yinida AQSH vakili Sofiya Keninga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 12 daqiqa davom etgan bahsda tennischimiz o'zidan 37 pog'ona pastda turuvchi raqibiga 2:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar