29 okt 12:40
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova - Lyuchjou turniri vice-chempioni!
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Lyuchjou shahrida yakuniga etib borayotgan turnirning juftliklar musobaqasi vice-chempioniga aylandi.
Sabina sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning juftliklar musobaqasida amerikalik Jaklin Kako bilan tandem hosil qilgandi.
Ular hozirgina yakuniga etgan final uchrashuvida rossiyalik tennischilar Veronika Kudermetova va Aleksandra Pospelovaga imkoniyatni boy berishdi. Bir soatu 5 daqiqa davom etgan final bahsida rossiyalik juftlik 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar