26 fev 13:56
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Malayziyadagi WTA turnirining asosiy to'riga chiqdi
Tennischimiz Sabina SHaripova Malayziyadagi turnirning saralash bosqich uchrashuvida gollandiyalik Sindi Byurgerga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 40 daqiqadan vaqt kechgan bahsda sportchimiz qiyinchilik bilan bo'lsada, g'alabani o'z tomoniga og'dira oldi.
Dastlabki setda 4:6 hisobida yutqazib qo'ygan Sabina, keyingi setlarda 7:6 (7), 7:6 (8) hisoblarida g'alaba qozondi.
Endi u Kuala-Lumpur turnirining asosiy bosqichida ishtirok etadi.
Sabina SHaripova (O'zbekiston) - Sindi Byurger (Gollandiya) 2:1 (4:6, 7:6, 7:6)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar