22 noy 19:24
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Mumbaydagi turnirda ikkinchi davra o'yinini o'tkazdi
Tennischimiz Sabina SHaripova Hindistonda bo'lib o'tayotgan turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Bugun sportchimiz ikkinchi davradagi o'yinini o'tkazdi. Ushbu bosqichda Sabinaga vengriyalik Fanni Stollar raqiblik qildi.
16 daqiqa ichida Stollar jarohat olib, o'yinni davom ettira olmasligini malum qildi.
SHu tariqa, Sabina SHaripova Hindistondagi turnirning chorak finaliga yo'l oldi.
Endi u chorak finalda turnirning uchinchi raqamli tennischisi hisoblangan belgiyalik Yanina Vikmayerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar