26 noy 09:41
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova o'z shaxsiy rekordini yangiladi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennisichsi Sabina SHaripova bu hafta Mumbaydagi turnirda ishtirok etib, yarim finalgacha etib bordi.
Ushbu natija orqali tennischimiz 57 ochko jamg'ara oldi. Mazkur natija Sabina uchun faoliyati davomidagi eng yaxshi ko'rsatkichga aylandi. Bungacha SHaripova bir hafta davomida xech qachon 57 ochko to'play olmagan.
Tennischimiz 57 ochkodan tashqari 6 000 AQSH dollari pul mukofoti ham ishlab oldi.
Ushbu ochkolar orqali Sabina reytingda taxminan 20 pog'ona ko'tarilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar