25 okt 14:20
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova o'zidan 163 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Tennischimiz Sabina SHaripova Istanbulda mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotganligi haqida xabar qilgandik.
Kecha u ilk o'yinda raqibini mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun esa ikkinchi davrada ruminiyalik Jorjiana Serbanga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, 1 soat 38 daqiqa davom etgan o'yinda Sabina 4:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi va turnirdan chiqib ketdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar