28 jan 18:17
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova o'zidan 278 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Sankt-Peterburgdagi turnirning saralash bosqichda ishtirok etayotgani haqida xabar bergandik.
Tennischimiz kecha saralashning ilk davrasida ispaniyalik Lara Arruabarrena-Vesinoni 3:6, 7:6(7:4), 7:5 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun esa Sabina mezbon tennischi Elena Ribakinaga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 17 daqiqa davom etgan bahsda sportchimiz 4:6, 4:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradi va turnirning asosiy davrasida ishtirok etish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar