27 fev 08:10
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova o'zidan 417 pog'ona pastdagi tennischiga yutqazdi
Moskva shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start oldi.
Musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova ham ishtirok etayotgandi. U ilk davrada chexiyalik Aneta Laboutkovaga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 1 daqiqa davom etgan o'yinda afsuski SHaripova 0:6, 6:3, 5:7 hisoblarida yutqazdi va musobaqadagi ishtirokini ilk davradayoq yakunladi.
Qayd etish lozimki, Sabina ayni paytda jahon reytingida 355, Laboutkova esa 772-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar