23 may 12:00
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova "Rolan Garros"ni kimga qarshi boshlaydi?
Franciyada "Ulkan toj" turkumidagi "Rolan Garros" turnirining saralash bosqichiga qura tashlandi.
Turnirni saralash bosqichdan boshlaydigan tennischimiz Sabina SHaripovaga ilk o'yinda 1998 yilda Rossiyada tug'ilgan, hozirda AQSH nomidan kortga chiqayotgan Sofiya Kenin raqiblik qiladi. U ayni paytda dunyo reytingida 178-o'rinni egallab turibdi.
Hamyurtimiz Sabina SHaripova esa reytingning 141-pog'onasidan joy olgan.
Ushbu o'yin ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar