16 noy 14:30
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova SHenjendagi ishtirokini yakunladi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning SHenjen shahrida o'tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz nufuzli turnirning yakkalik bahslari ilk davrasida xitoylik SHuay Penga imkoniyatni boy berdi.
SHuay turnirda to'rtinchi raqam ostida harakat qilyapti. Bir soatu 22 daqiqa davom etgan uchrashuvda Pen 6:0, 6:4 hisobida g'alaba qozonib, ikkinchi davraga yo'llanma oldi. Avvalroq, Sabina amerikalik dugonasi bilan birga juftlik musobaqasida ham mag'lubiyat alamini totib ko'rgan edi.
Taqqoslash uchun, SHuay Pen dunyo reytingida 103, Sabina SHaripova esa 153-o'rinni egallab turibdi. SHuay o'z vaqtida dunyoning 14-raketkasi bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar