06 noy 11:17
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Taylanddagi turnirda ishtirok etadi
O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova bu hafta Taylandning Xua Xin shahrida bo'lib o'tadigan turnirda qatnashadi.
Mukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda tennischimiz ilk davrada turnirning ikkinchi raqamli tennischisi hisoblangan rossiyalik Evgeniya Rodinaga qarshi kortga chiqadi.
Ushbu turnir g'olibi 160 reyting ochkosiga ega bo'ladi.
Birinchi davra ishtirokchilari esa 1 reyting ochkosi va 1050 AQSH dollarini o'z hisoblariga qo'shib qo'yadilar.
SHaripova - Rodina o'yini ertaga bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar