04 okt 15:03
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova Turkiyada yarim finalga chiqdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa davom etmoqda.
Bugun O'zbekistonning ayollar o'rtasidagi birinchi raketkasi Sabina SHaripova chorak finalda germaniyalik Franziska Ceidatga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 6 daqiqa davom etgan o'yinda SHaripova raqibasini 6:1, 6:0 hisoblarida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Sabina ayni paytda jahon reytingida 298, germaniyalik tennischi esa 933-o'rinni egallab turibdi.
Sabina endi finalga chiqish uchun yaponiyalik Rina Saigoga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar