12 apr 16:53
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Turkiyadagi turnirda chorak finalga yo'l oldi
Tennischimiz Sabina SHaripova Turkiyadagi turnirda ishtirokini davom ettirmoqda.
Sportchimiz ikkinchi bosqichda mezbon tennischi Ayla Aksuga qarshi kortga chiqdi. 2 soat davom etgan bahsda tennischimiz 3:6, 7:6, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Ushbu turnirning ikkinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Sabina endi yarim finalga chiqish uchun beloruslik Vera Lapkoga qarshi bahs yuritadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar