13 apr 15:53
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Turkiyadagi turnirda yarim finalga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova Turkiyaning Istambul shahrida o'tkazilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 60 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Hamyurtimiz asosiy to'rning dastlabki ikki uchrashuvida g'alabaga erishib, chorak finalga yo'l olgandi.
Sabina chexiyalik Petra Kreysovani 6:4, 6:2, slovakiyalik Kristina Kuchovani 6:7(4), 6:2, 6:3 hisobida mag'lub etgandi. SHaripova chorak finalda serbiyalik Olga Danilovichni 7:6(5), 6:7(2), 6:3 hisobida engdi. Endi u final chiptasi uchun rossiyalik Olga Doroshinaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar