04 mar 12:37
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Xitoy turnirining finalida kortga chiqdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilgan turnirning finali uchrashuvini o'tkazdi.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etdi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qildi. Lekin finalda mag'lubiyatga uchrab, vice-chempionlik bilan kifoyalandi.
SHaripova 1 soatu 15 daqiqa davom etgan uchrashuvda turnirning ikkinchi raketkasi xitoylik Ksinyu Gaoga 1:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Hamyurtimiz dunyo reytingida 191, 20 yoshli Gao esa 213-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar