17 apr 16:49
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Xitoydagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
Tennischimiz Sabina SHaripova Xitoyning CHjenchjou shahrida mukofot jamg'armasi 125 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ishtirok etmoqda.
Bugun tennischimiz turnirdagi ilk o'yinini o'tkazdi. Birinchi bosqichda u tailandlik Peangtarn Plipuekka qarshi kortga chiqdi.
2 soat 9 daqiqa davom etgan bahsda Sabina 4:6, 6:2, 7:6 hisoblarida g'alaba qozondi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi u ikkinchi davrada mezbon tennischi, Van Yafanga qarshi kortga chiqadi. Yafan musobaqada to'rtinchi raqam ostida saralangan.
Malumot uchun, Sabina dunyo reytingida 184, Van esa 98-o'rinlarni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar