24 iyu 18:50
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova Xitoydagi musobaqani g'alaba bilan boshladi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Nanchang shahridagi musobaqada ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Hamyurtimiz turnirning ilk davrasida yaponiyalik Ayano SHimicuga qarshi kortga chiqdi.
57 daqiqa davom etgan o'yinda hamyurtimiz raqibasini 6:2, 6:0 hisoblarida mag'lub etdi va ikkinchi davraga yo'l oldi.
Endi Sabina ikkinchi davradagi o'yinini mezbon tennischi, musobaqaning ikkinchi raqam ostida saralangan tennischisi Cyan Vanga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar