03 mar 09:51
Yangiliklar
Tennis

Sabina SHaripova Xitoydagi turnirda yarim final bahsini o'tkazdi
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Xitoyning Ksiamen shahri mezbonlik qilayotgan turnirda muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etyapti.
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadi. SHaripova ushbu turnirning birinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilyapti. Bundan bir necha daqiqa avval Sabina yarim final uchrashuvida kortga chiqdi.
Uning raqibasi gongkonlik Ling CHjang bo'ldi. Ikki soatu 10 daqiqa davom etgan bahsda Sabina CHjangni 2:6, 6:0, 6:3 hisobida mag'lub etib, finalga chiqdi. Hamyurtimiz dunyo reytingida 191, CHjang esa 334-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar