01 may 13:08
Yangiliklar
Tennis
Sabina SHaripova Yaponiyada juftlikda ham mag'lub bo'ldi
Ayollar o'rtasida O'zbekistonning birinchi raketkasi Sabina SHaripova Yaponiyaning Gifu shahrida o'tkazilayotgan turnirning juftlik bahslarida kortga chiqdi.
Avstraliyalik Olivia Tjandramuliya bilan tandem hosil qilgan Sabina ilk davrada amerikalik tennischilar Kristi An/Ena SHibaxara juftligiga qarshi o'yin o'tkazdi.
1 soat 8 daqiqa davom etgan o'yinda Sabina va uning dugonasi 2:6, 4:6 hisoblarida mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Sabina kecha yakkalik bahslarida ham mezbon tennischiga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar