14 dek 07:45
Yangiliklar
Tennis

Sabina va Nigina Dubaydagi ishtiroklarini g'alaba bilan boshlashdi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha nufuzli turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu musobaqada mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raqamli tennischilari - Sabina SHaripova va Nigina Abduraimova ham ishtirok etyapti.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizning har ikkisi ham ilk davrada g'alaba nashidasini surishdi. Birinchi raketkamiz bo'lib turgan SHaripova xorvatiyalik Yana Fettni 7:5, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Abduraimova esa birinchi bosqichda turnirning to'rtinchi raketkasi, lyuksemburglik Mendi Minella bilan to'qnash keldi. Reytingda raqibasidan ancha pastda turganiga qaramay, hamyurtimiz uchrashuvda 6:1, 7:5 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar