18 apr 12:00
Yangiliklar
Tennis

Sabina Xitoydagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Tennischimiz Sabina SHaripova Xitoyning CHjenchjou shahrida bo'ladigan turnirda ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
U bugun turnirdagi ilk o'yinini o'tkazdi. Sabinaga ilk bosqichda mezbonlar vakilasi Jiaki Kang raqiblik qildi. 2 soat 20 daqiqa davom etgan bahsda sportchimiz 6:4, 3:6, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'llanma oldi.
Endilikda SHaripova chorak finalga chiqish uchun boshqa bir mezbon sportchi, turnirning 5-raqamli tennischisi hisoblangan CHjen Sasayga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar