21 iyu 07:45
Yangiliklar
Tennis
Sabinaning Sakramentodagi ikkinchi raqibasi malum bo'ldi
Istedodli tennischimiz Sabina SHaripova AQSHning Sakramento shahrida davom etayotgan turnirdagi ishtirokini g'alaba bilan boshlagani haqida xabar bergan edik.
Hamyurtimiz sovrin jamg'armasi 50 ming dollardan iborat turnirning yakkalik bahslarida sakkizinchi raqam ostida tasniflangan. SHaripova ilk bosqichda avstraliyalik raqibasi Storm Sandersdan 3:6, 6:1, 6:2 hisoblarida ustun keldi.
Etiborlisi, Sabinaning ikkinchi davradagi raqibasi ham avstraliyalik tennischi bo'ladi. Bugun SHaripova chorak final chiptasi uchun 18 yoshli Priskilla Xonga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar