04 dek 18:35
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Qatardagi turnir saralashida mag'lub bo'ldi
Tennischimiz Saidalo Saidkarimov Doxada bo'lib o'tayotgan mukofot jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi turnirda ishtirok etayotgani haqida xabar qilgandik.
Bugun u yakkalik bahslarida gollandiyalik Gay Den Xeyderga qarshi kortga chiqdi.
59 daqiqa davom etgan o'yinda vakilimiz raqibiga 1:6, 2:6 hisoblarida yutqazdi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Endi u birozdan so'ng juftlik bahslarida o'z o'yinini o'tkazadi.
Undan tashqari, Jo'rabek Karimov ham mazkur turnirning juftliklar bahslarida bugun bahslarga kirishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar