05 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Qozondagi turnirning juftlik bahsida chorak finalga chiqdi
Rossiyaning Qozon shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Musobaqa ishtirok etayotgan hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov yakkalikdan so'ng juftlik bahslarida ham g'alabaga erishdi. Rossiyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan vakilimiz chorak finalga chiqdi.
Saidalo va Markos gvatemalalik Vilfredo Gonsales hamda rossiyalik Aleksandr Korolev juftligini 6:3, 6:7(7), tay-brekda 10:6 hisobida mag'lub etishdi. Bugun ular yarim final chiptasi uchun turnirning uchinchi raqamli juftligiga qarshi kortga chiqishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar