14 noy 16:03
Yangiliklar
Tennis

Saidalo Quvaytda juftliklar bahsida o'yin o'tkazdi
Tennischimiz Saidalo Saidkarimov Quvaytda bo'lib o'tayotgan "Fyuchers" turniri juftlik bahslaridagi o'yinini o'tkazdi.
O'yinlarda belgiyalik Jeroen Vannest bilan juftlik hosil qilgan tennischimiz ilk davrada Isa Mammetguliev (Turkmaniston) va Anurag Nenvani (Hindiston) larga qarshi o'yin o'tkazdi.
49 daqiqa davom etgan o'yinda Saidalo va uning do'sti 3:6, 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchradi va juftlik bahslarida ham ishtirokini yakunladi.
Kecha Saidalo Saidkarimov yakkalik bahslarida xorvatiyalik Alen Rojichga 3:6, 6:1, 1:6 hisobida yutqazib qo'ygandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar