06 iyu 14:28
Yangiliklar
Tennis

Saidaloning Qozondagi ertagi chorak finalda tugadi
Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda bugun chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Musobaqaning saralash bahslari orqali asosiy to'rga etib kelgan hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov hozirgina yakuniga etgan chorak final uchrashuvida kortga chiqdi.
Afsuski, 1 soatu 7 daqiqa davom etgan uchrashuvda Saidkarimov raqibi serbiyalik Deyan Katichga 5:7, 0:6 hisobida yutqazdi. Saidalo birinchi setda hisob 5:6 bo'lib turgan bir paytda o'z geymini raqibiga boy berdi.
Malumot uchun, hamyurtimiz ilk davrada gvatemalalik Vilfredo Gonsalesni 6:4, 6:4, ikkinchi davra bahsida rossiyalik Denis Klokni 6:4, 2:1 (Klok jarohat olgan) hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar