03 fev 08:46
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Antaliyada ikkinchi raketkaga qarshi kortga chiqdi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etayotgandi. Istedodli tennischimiz ilk davrada qozog'istonlik Kim Ivanovni mag'lub etgandi.
Afsuski, Saidalo ikkinchi bosqich bahsida turnirning ikkinchi raketkasi, turkiyalik Ergi Kirkinga 2:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ergi chorak finalda braziliyalik Bruno Santannani 6:3, 6:0 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar