02 fev 07:51
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Antaliyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etyapti. Istedodli tennischimiz ilk davra uchrashuvida g'alabaga erishdi.
Saidalo qozog'istonlik Kim Ivanovga qarshi kortga chiqdi va 56 daqiqa davom etgan bahs yakunida raqibini 6:1, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Turnir tashkilotchilari Ivanovga asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi “vayld kard”, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar