29 jan 08:09
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Antaliyadagi turnirda, uning raqibi malum
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada hamyurtimiz Saidalo Saidkarimov ham ishtirok etadi. Istedodli tennischimiz to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rdan bahslarga kirishadi.
Qura natijasiga ko'ra, Saidalo birinchi davrada qozog'istonlik Kim Ivanovga qarshi kortga chiqadi. Turnir tashkilotchilari Ivanovga asosiy to'rdan qatnashish huquqini beruvchi “vayld kard”, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar