03 avg 08:25
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Qozondagi turnirda chorak finalga chiqdi
Istedodli tennischimiz Saidalo Saidkarimov Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etyapti.
Ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat. Hamyurtimiz ilk davrada rossiyalik Petr Arxipovni mag'lubiyatga uchratgandi. Saidaloga ikkinchi bosqichda yana bir mezbon tennischi ro'baro' keldi.
Petr Klimovga qarshi kechgan uchrashuvda Saidkarimov 7:5, 6:1 hisobida zafar quchdi. Klimov ilk davrada turnirning birinchi raketkasi, rossiyalik Evgeniy Tyurnevni musobaqadan chiqarib yuborgandi.
Endi tennischimiz chorak
finalda mezbonlarning yana bir vakili, turnirning ettinchi raketkasi Pavel
Kotovga qarshi krtga chiqadi. Kotov ikkinchi davrada Richard Muzaevdan ustun keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar