02 avg 08:29
Yangiliklar
Tennis

Saidkarimov Qozondagi turnirni g'alaba bilan boshladi
Istedodli tennischimiz Saidalo Saidkarimov Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan turnirda ishtirok etyapti.
Ushbu turnirning sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat. Hamyurtimiz asosiy to'r bahslarida o'z mahoratini namoyish etmoqda. Vakilimiz ilk davrada rossiyalik Petr Arxipovga qarshi kortga chiqdi.
Saidalo uchrashuvning
birinchi setida 6:4 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi set 4:0 hisobida Saidkarimovning
foydasiga hal bo'layotgan bir pallada rossiyalik tennischi bahsni davom ettira
olmasligini bildirdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar