09 dek 13:58
Yangiliklar
Sakkiz karra Olimpiada chempioni Pxyonchxanga bormasligi mumkin
Bunga uning bugungi kundagi sport formasi sabab bo'lishi mumkin. Biatlon bo'yicha Norvegiya erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Zigfrid Maze aynan shu holatda tashvishda ekanligini malum qildi.
“Agar u o'zining yuqori sport formasiga qayta olmas ekan, terma jamoamizning boshqa sportchisiga ishonch bildirishimizga to'g'ri keladi. To'g'ri, Borndalenning boy tajribasiga shubha qilmaymiz. Lekin ayni paytda u o'zining yuqori sport formasida emas”, - dedi Maze.
SHu kunlarda davom etayotgan jahon Kubogining to'rtta poygasidan so'ng 43 yoshli Borndalen shaxsiy hisobda 69 ochko bilan 21-o'rinda bormoqda. Ule shu kungacha o'tkazilgan uchta musobaqada mos ravishda 18, 28 hamda 31-o'rinlar bilan kifoyalangan edi.
Fikrlar