29 apr 07:28
Yangiliklar
Salkam 1,5 mlrd dollar sarflangan Olimpiya stadioni haqida
U erda o'tkazilgan dastlabki sport tadbiri Yaponiya Imperator kubogi final bahsi bo'ldi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Paralimpiya associaciyasi. 2020 yilning 1 yanvar kuni o'tkazilgan ushbu bellashuvda “Vissel Kobe” jamoasi “Kashima Antlers” vakillarini mag'lub etgan holda, bosh sovringa ega chiqdilar.
68,000 kishilik sig'imga ega ushbu ko'rkam arenada Paralimpiya o'yinlarining ochilish va yopilish marosimlari hamda para atletika musobaqalari o'tkaziladi. “Eko-frendli” tarifiga mos bo'lishi uchun stadion hududida 47 mingdan ortiq turli xil daraxtlar ekilgan.
Stadionning konstrukciya ishlari 2016 yil 1 dekabrdan 2019 yil 30 noyabrgacha davom etdi va bu jarayonda 1,5 milliondan ortiq ishchi ishtirok etdi. Uning qurilishi uchun umumiy hisobda tahminan 1.43 mlrd AQSH dollari sarflandi.
Fikrlar