19 may 13:39
Yangiliklar
Tennis
Samarqand “CHellenjer”. Bosh sovrin Italiyaga yo'l oladi
Samarqand shahrida yakuniga etib borayotgan “CHellenjer” turkumiga kiruvchi tennis turnirining yakkalik bahslarida g'olib aniqlandi.
Hozirgina sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida final uchrashuvi yakunlandi. Bosh mukofot uchun italiyalik Luka Vanni hamda ispaniyalik Mario Vilelya Martines kortga chiqishdi.
Bir soatu 28 daqiqa davom etgan final uchrashuvida dunyo reytingida 259-o'rinni egallab turgan Vanni ATP reytingida 321-pog'onadan joy olib turgan Martinesni 6:4, 6:4 hisobida mag'lub etib, Samarqand “CHellenjer” turniri g'olibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar