18 may 09:49
Yangiliklar
Tennis

Samarqand “CHellenjer”. Bugun finalchilar malum bo'ladi
Samarqand shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning yakkalik bahslarida yarim finalchilar nomi malum bo'ldi. Bugun birozdan so'ng ana shu yarim final uchrashuvlari boshlanadi.
Birinchi juftlikda italiyalik Luka Vanni Xitoy Taypeyi vakili Yan Cun-Xuaga qarshi kortga chiqadi. Ikkinchi yarim finalda esa serbiyalik tennischilar Nikola Miloevich va Milyan Zekich o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar