17 may 17:44
Yangiliklar
Tennis

Samarqand "CHellenjer". Istomin juftlik bahslarida o'yin o'tkazdi
Xabaringiz bor, Samarqand shahrida tennis bo'yicha mukofot jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda.
Turnirning yakkalik bahslarida barcha tennischilarimiz o'z ishtiroklarini yakunlaganliklari haqida xabar qilib o'tgandik.
Bugun O'zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin juftlik bahslaridagi ilk o'yinini o'tkazdi. Hamyurtimiz musobaqada rossiyalik Mixail Elgin bilan birga ishtirok etmoqda. Bugun sportchilar boshqa bir o'zbekistonlik tennischilar juftligi Sultonov/Fomin tandemiga qarshi kortga chiqdilar. 1 soat 14 daqiqa davom etgan o'yinda Denis va uning sherigi 7:6, 6:2 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar