18 may 15:24
Yangiliklar
Tennis

Samarqand "CHellenjer". Istomin juftlikda yarim finalga chiqdi
Samarqand shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" musobaqasi davom etmoqda.
Musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Mixail Elgin bilan birga qatnashayotgan tennischimiz Denis Istomin bugun chorak finalda o'yin o'tkazdi. Ushbu bosqichda tennischilarga musobaqaning uchinchi saralangan juftliklari - Mineni/Prashant tandemi to'qnash keldi.
1 soat 37 daqiqa davom etgan o'yinda Istomin va uning sherigi 7:5, 3:6, 10:8 hisoblarida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.
Endi ular final chiptasi uchun Kachich/Margaroli juftligiga qarshi kortga chiqadilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar