16 may 10:59
Yangiliklar

Samarqand “CHellenjer”. Tennischilarimizning barida mag'lubiyat
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning qolgan qismi endi hamyurtimizsiz o'tadi. Birinchi davraning o'zida barcha tennischilarimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Dunyo reytingida 96-o'ringa tushib ketgan Denis Istomin 289-pog'onadan joy olib turgan argentinalik Pedro Kachinga 6:7(3), 4:6 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
Jo'rabek Karimov reytingda o'zidan deyarli 300 pog'ona yuqoridagi Xarris Jorj Lloydga 3:6, 3:6 hisobida yutqazdi. Reytingi bo'lmagan Farrux Do'stov ATP reytingida 240-o'rinni egallab turgan Xitoy Taypeyi vakili Yan Cun-Xuaga 1:6, 3:6 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ikkinchi raketkamiz Sanjar Fayziev bosniyalik tajribali raketka ustasi Aldin SHetkichga 3 soatu 2 daqiqa davom etgan uchrashuv yakunida 6:7(4), 7:6(1), 3:6 hisobida engildi. Sergey Fomin esa turnirning uchinchi raketkasi serbiyalik Nikola Miloevichga qarshilik ko'rsatmadi - 0:6, 0:6.
Fikrlar