24 sen 07:06
Yangiliklar
Boshqalar
Samarqanda yana bir sport musobaqaga start berildi
Samarqand viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida qo'l jangi sport turi bo'yicha huquqni muhofaza qilish organlarining 50 ga yaqin xodimlari birinchilik uchun kurash olib bormoqda.
Ishtirokchilar Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Davlat bojxona qo'mitasi, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining Samarqand viloyatida joylashgan bo'linmalaridan iborat jamoalar munosib ishtirok etishmoqda.
Bugun mazkur musobaqaning yopilish marosimi bo'lib o'tadi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, g'oliblar tashkilotchilarning ko'chma kubogi, maxsus diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar