So’nggi yangiliklar

19:05“Арсенал” юлдуз вингерини фақат бир шарт билан сотишга тайёр 0 18:28"Гарри билан жанг Ислам фаолиятидаги энг оғир жанглардан бири бўлди" - Махачевнинг мураббийи 0 17:45"Нега у икки камарни ушлаб турибди?" Холлоуэй UFC 330'дан кейин Махачевга "тош отди" 0 16:23Темиров — Кавана: кучли зарба ва техник ақл тўқнашуви. Абу-Дабидаги жанг нимани ҳал қилади? (мутолаа учун) 0 15:49Роналду: “Эҳтимол, бу менинг футболдаги сўнгги йилим бўлиши мумкин” 0 15:22IBF рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:58Бадиий гимнастикачиларимиз Жаҳон чемпионатидаги иштирокини якунлашди 0 14:30Рамазон Темиров допинг текширувидан ўтди (ФОТО) 0 13:49Ироқ телеканали "Пахтакор" учрашувларини тўғридан-тўғри кўрсатишни бошлади 0 13:21Ислам Махачев кейинги рақиби сифатида кимни лойиқ кўришини айтди 0 12:45Дана Уайт Оқ уйда UFC турнирининг қайта ўтказилиши мумкинлиги ҳақидаги саволларга жавоб берди 0 12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0

14 fev 17:50
Yangiliklar

Boshqalar

Samarqandda sport yo'nalishida Rossiya universiteti filiali ochiladi

Teglar :  Universitet
O'tgan yilning oktyabr oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilgandi.

O'tgan davr mobaynida hamkorlik doirasida bir necha bor muzokara olib borildi va natijada Samarqand shahrida mazkur oliy o'quv yurti filialini ochish bo'yicha kelishuvga erishilib, bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi.

SHu kunlarda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boshchiligidagi delegaciya Samarqandda bo'lib turibdi.

Xorijlik mehmonlar tashrif davomida filial uchun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inshootlarini ko'zdan kechirishdi. SHuningdek, yaqindagina kapital tamirdan chiqarilgan Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati yangi maneji ochilish marosimida ham ishtirok etishdi.

Mazkur inshootni kapital tamirlash uchun 9,7 mlrd so'm mablag' sarflandi.

Majmua Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 32 turdagi jami 250 mln so'mlik yangi sport inventarlari bilan taminlandi.

Tadbirda jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash jarayonida zamonaviy sport inshootlari muhim ahamiyat kasb etishi etirof etildi. SHu manoda mazkur inshoot xorijiy universitet filiali uchun ham amaliyot bazasi bo'lib xizmat qilishi ayni muddao ekanligi ham alohida takidlandi.

Yangi tashkil etilayotgan filial haqida universitet rektori Tamara Mixaylova shunday dedi: “Samarqand filiali universitetimizning xorijda tashkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy talim muassasasi samarali faoliyat yuritishini taminlash uchun biz O'zbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. SHuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylashgan sport bazalarimizda amaliyot o'tashadi.”

SHu o'rinda takidlash joiz, mazkur talim maskanida nafaqat O'zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari talim olishi uchun ham imkoniyat yaratish, qolaversa, yildan-yilga mavjud yo'nalishlarni kengaytirib borish rejalashtirilgan.

Filialga 2019/2020-o'quv yilidayoq voleybol, basketbol, gandbol, futbol, engil atletika, badiiy gimnastika, tennis, suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turlari bo'yicha 150 nafardan ortiq ilk talabalar kunduzgi talim shakliga qabul qilinadi. O'qish Rossiya Federaciyasining amaldagi o'quv rejalari va dasturlari asosida olib boriladi. Bitiruvchilarga beriladigan Rossiya namunasidagi diplom O'zbekiston Respublikasi va Rossiya Federaciyasida oliy talim hujjati sifatida tan olinadi.

Tashrif davomida rossiyalik mehmonga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamrohlik qilishdi.

Malumot uchun, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining talabalari va bitiruvchilari orasida 172 nafar Olimpiada g'olibi, Evropa va jahon chempioni bor.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing