06 apr 13:20
Yangiliklar
Sambo
![](/upload/storage/296612_220.jpg)
Sambo. Armanistondagi Jahon kubogini 10 ta medal bilan yakunladik
Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo'yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi.
Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik sambochilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Sovrindorlarimiz:
Oltin:
-98 kg: Ozodbek Murotov
Kumush:
-79 kg: Musoxon Ziyadinov
-88 kg: Sohibjon Hasanboev
Bronza:
-64 kg: Islomjon Olimjonov
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan bahslarda vakillarimiz 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo'lga kiritishgandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Erevandagi jahon kubogini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar